UCH AVLOD UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

UCH AVLOD UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Bugun tumanimizdagi Nuroniylar maskanida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da nuroniy otaxonlaru onaxonlar, o‘rta avlod vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov so‘zga chiqib, mazkur tadbir kechagi, bugungi va ertangi kunimizni bog‘lovchi rishta ekanligini hamda ayni Navro‘z ayyomida bu kabi uchrashuvlar o‘zgacha shukuh bag‘ishlashini ta’kidlab o‘tdi. Milliy lapar va o‘yin-kulgular bilan davom etgan tadbir davomida ishtirokchilarga shu yerda tayyorlangan milliy taom sumalak ulashilib, barchaga bahoriy bayramona kayfiyat baxsh etildi. 
Shuningdek, bir piyola choy ustida davom etgan tadbirda nuroniylarimiz o‘z mehnat, tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab berishdi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM