Maktab bitiruvchilarini til o‘rganish va kasbga yo‘naltirish dolzarb masala

Maktab bitiruvchilarini til o‘rganish va kasbga yo‘naltirish dolzarb masala

Bugun tumanimizning taraqqiyot mahallasi hududida joylashgan 41-umumta’lim maktabida Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov hamda tuman sektor rahbarlarining maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish, xorijiy tillarni o‘rganishga jalb etish masalalari targ‘ib etilib, fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, bugungi tadbirda tumandagi kasb-hunar maktablari va o‘quv markazlari mas’ullari ishtirok etishib, bitiruvchi yoshlarni kasb-hunar o‘rganish uchun o‘zlarining ta’lim muassasalariga chorlab, targ‘ibot olib borishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM