Matbuot anjumani o‘tkazildi

Matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Luqmonov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Kompleks tarkibidagi sohalar bo‘yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2023-yildagi vazifalar” mavzusida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tumanda 56 ta maktab, 195 ta bog‘cha, 12 ta sog‘liqni saqlash va 2 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta pedagogika kolleji hamda 1 ta ixtisoslashgan davlat maktabi, 1 ta sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa va san’at maktablari mavjud.

Tumandagi 56 ta umumta'lim maktablarida o‘quvchilar soni 29227 nafar, o‘qituvchilar soni 2683 nafar bo'lib, 297 nafari oliy toifali, 593 nafari 1-toifali, 758 nafari 2-toifali o‘qituvchilardir.

Tumanda Zarafshon mahallasida 2022-yil sentabr oyi boshida Ixtisoslashtirilgan davlat maktabi tashkil etildi, Shuningdek, 30-maktab qayta rekonstruksiya qilindi. 2023-yilda 160 o‘rinli 14-maktab yangi binosi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida 30 ta davlat,  155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 10 ta DXSH faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning boshida Oqdaryo tumanida 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 10902 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinib, qamrov  80,1 foizni tashkil qilgan.  Qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 11 ta ONMTT ning quvvati 50 nafarga oshirildi, 9 ta oilaviy NMTT yangi tashkil etildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tasarrufida 26 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarni tashkil etilib, 780 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab oldi. Shuningdek, 2 ta yangi Davlat MTT ishga tushirildi, 2 ta DXSH ning quvvati oshirilishi hisobiga bugungi kunda 12073 nafar bola maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinib, qamrov foizi 86 foizni tashkil etmoqda.

Tumanda davlat tibbiyot muassasalari soni 12 ta, xususiy tibbiyot muassasalari soni 19 ta bolib, tibbiyot muassasalarida kunlik fuqarolar qatnovi 1200 nafarni tashkil etadi.

Tumanda yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi faoliyat olib borilmoqda. Tumandagi 14-30 yoshdagi 41975 nafarni tashkil etadi. 2022-yilda 1641 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib yordam ko‘rsatildi.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM