#Matbuot_anjumani

Oqdaryo tuman Maktabgacha ta`lim bo‘limi rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tuman Maktabgacha ta`lim bo‘limi boshlig‘i Charos Ortiqova ishtirokida bog‘cha yoshidagi bolalarning bog‘chaga qamrovini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan ma’lumot berilganidek, hozirgi kunda Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufida 29 ta davlat,  155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 10 ta DXSH faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning boshida Oqdaryo tumanida 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 10902 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinib, qamrov  80,1 foizni tashkil qilgan.  Qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 11 ta ONMTT ning quvvati 50 nafarga oshirildi, 9 ta oilaviy NMTT yangi tashkil etildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tasarrufida 26 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarni tashkil etilib, 780 nafar 6 yoshli bolalarni qamrab oldi. Shuningdek, 2 ta yangi Davlat MTT ishga tushirildi, 2 ta DXSH ning quvvati oshirilishi hisobiga bugungi kunda  12068 nafar bola maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinib, qamrov foizi 86 foizni tashkil etmoqda.

Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2023 © Оқдарё туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM