Pensiya va nafaqa to‘lash 5-6 yanvardan boshlab amalga oshiriladi 

Pensiya va nafaqa to‘lash 5-6 yanvardan boshlab amalga oshiriladi 

Yanvar oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari 5-6 yanvardan boshlab amalga oshiriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, prezident qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga yetkazilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan 2021 yilning 31 dekabr va 2022 yilning 1-4 yanvar kunlari respublikada barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi.
“Shu munosabat bilan xalqimiz o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki quyidagini ma’lum qiladi:
yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM