Sug‘onchida 150 o‘rinli yangi bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

Sug‘onchida 150 o‘rinli yangi bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

 

Bugun Sug‘onchi mahallasining Sug‘onchi qishlog‘ida “Investisiya” dasturi asosida qayta qurilgan yangi zamonaviy  14-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi N.Sulaymonov, tuman hokimi o‘rinbosari S.Luqmonov, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Ch.Ortiqova hamda mahalla faollari, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman hokimi N.Sulaymonov ochib berib, mahalla ahlini yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqslar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

Loyiha qiymati 4 milliard 100 million so‘mni tashkil etgan mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 150 nafar bolajonlar uchun barcha qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan hamda zamonay jihozlar bilan ta’minlangan.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM