YONG‘IN XAVFSIZLIGI  DOLZARB MASALA

YONG‘IN XAVFSIZLIGI  DOLZARB MASALA

Oqdaryo tuman FVB xodimlari tomonidan “Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” tadbiri davomida Chorbog’ MFYdagi 225ta axoli yashash xonadonlarida favqulodda vaziyatlar va yong’in xavfsizligi bo’yicha o’rganishlar olib borildi. yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, uning oldini olish va bartaraf qilish, maishiy gaz ballonlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga qaratilgan profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Unda o‘tgan davr mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari keng tahlil etildi.

Xususan, Loyish MFYda yashovchi fuqaro yashash uyida nosoz suv qaynatgichni ishlatishi natijasida yong’in kelib chiqishiga sababchi bo’lganligi, Paxtabod MFYda yashovchi fuqaro ochiq olovdan extiyotsizlik bilan foydalanishi natijasida yashash uyining og’ilxonasida yong’in kelib chiqqanligi, Yangiobod MFYda yashovchi fuqaro maishiy chiqindilarni yoqishda ehtiyotsizilgi oqibatida xonadonning molxonasi va unda saqlanayotgan somon g‘aramiga o‘t ketishiga sababchi bo‘lgan. Albatta, bu holatlarning barchasi fuqarolarga nafaqat moddiy zarar, balki og‘ir ruhiy jarohat ham yetkazadi. Olov ta’sirida oilaning boshpanasi bilan birgalikda yillar davomida jamg‘argan moddiy boyliklari, zarur hujjatlari ham kuyib, kulga aylanadi.

Tadbir davomida tumandagi mahallalar, mehnat jamoalarida uyushtirilgan tadbirlarda uy-ro‘zg‘or jihozlarini muntazam profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, maishiy chiqindilarni yoqishga yo‘l qo‘ymaslik va xonadonlaridagi maishiy gaz ballonlarni yashash xonadonlari ichiga o’rnatmaslik va nosozlaridan foydalanmaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

Chorbog’ MFYda joylashgan Baraka QVPda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan yong’in texnik tekshiruv o’tkazilganda, yong’in o’chirish qalqoni yaroqsiz xolda ekanligi, maskan binosi yong’in o’chirishning birlamchi vositalari bilan ta’minlanmaganligi, evakusiya chiqish eshiklarini yopib vaqtinchalik xona sifatida SHNQ 2.01.02-04 zid ravishda foydalanayotganligi, mavjud suv xavzalarini suv bilan to’ldirmaganligi aniqlandi va ma’sullarga ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong’in xavfsizligini taminlash maqsadida Oqdaryo tuman Po’latdarxon MFY binosi o’rganilganda, yong’in o’chirish qalqoni yaroqsiz xolda ekanligi, bino yong’in o’chirish birlamchi vositalari bilan taminlanmaganligi, yong’in xavfsizligi burchagi tashkil qilinmaganligi, kirish-chiqish belgilari o’rnatilmaganligi aniqlandi. Shuningdek, 6-, 51-, 32-, 33-umum ta’lim maktablari, Sug’onchi qishloq vrachlik punkiti, Ma’daniyat bo’limi binolaridagi yong’in o’chirish qalqoni va binosi birlamchi yong’in o’chirish vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan, yong’in xavfsizligi burchagi tashkil qilinmagan, kirish-chiqish belgilari o’rnatilmaganligi aniqlanib ma’sul xodimlarga bartarf qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

SHohruh Maxmudov, Oqdaryo tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’ining o’rinbosari, kapitan

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM