MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QAMROB KO’RSATKICHI 77 FOIZGA YETDI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QAMROB KO’RSATKICHI 77 FOIZGA YETDI

  Oqdaryo tumanidagi mavjud 35 ta mahalla fuqarolar yig‘inida maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  3-7 yoshli bolalar 13608 nafarni tashkil etadi. Hozirgi  kunda  tuman  maktabgacha  ta’lim bo‘limi  tasarrufida  jami 172 ta maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari jumladan: 28 ta davlat,  1 ta xususiy, 8 ta davlat-xususiy sheriklik  asosidagi va  135 ta  oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar  yig’inlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Hozirda  maktabgacha ta’lim tashkilotlariga  10285 nafar bolalar qamrab olingan  bo‘lib, qamrov  ko‘rsatkichi 77 foizni   tashkil etadi. 2021 yil yakuniga qadar qamrov ko‘rsatkichini 80% ga yetkazish rejalashtirib, bu bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar belgilangan, yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan va qamrovni oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan yana 35 nafar tashabbuskor tadbirkorlar o’rtasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun bitim tuzildi. Natijada 1425 nafar 3-7 yoshli bolalar sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishiga erishildi hamda tumanimiz xotin-qizlari uchun 114 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.  

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM