Tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi

Tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi

Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni Oqdaryo tuman hokimining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish kuni deb belgilangan. Shunga ko‘ra bugun Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Najmiddin Sulaymonov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda yo‘l, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, uy-joy, ishga joylashish, moddiy yordam, kredit olish va boshqa oilaviy masalalarda 40 dan ortiq fuqarolarning muammolari eshitildi. 
Qabul davomida ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal etildi. Muddat bilan bog‘liq murojaatlar esa tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM