Aholini ro‘yxatga olish tadbiri qachon va qanday shaklda o‘tkaziladi?

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRIGA TAYYORGARLIK JARAYONI BOSHLANGAN

 

Xabaringiz bor 2019 yil 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5655-son Farmoni qabul qilindi. Farmonda Davlat statistika qo‘mitasi va tegishli vazirlik idoralar oldiga Mustaqil O‘zbekistonning ilk aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan edi.

Qonun loyihasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari tomonidan MDH va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda ishlab chiqildi va 2020 yilning mart oyida qabul qilindi.

Nafaqat yurtimizda balki butun jahonda pandemiya natijasida hukum surayotgan iqtisodiy murakkab vaziyatda muhtaram Prezidentimiz tomonidan 1989 yildan buyon kechiktirib kelinayotgan aholini ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazishga qaror qilindi va bu ishga tayyorgarlik ishlari butun mamlakatimizda boshlab yuborildi.

Xususan 2020 yilning 11 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi  710-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilandi.

Qarorga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar zimmasiga 2021 yilda (sinov tariqasida) va 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 1martga qadar (sinov tariqasida) va 2022 yil 1 iyunga qadar (asosiy) aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan ta’minlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2021 yil 1 aprelga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazilishini va 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Butun Jahon internet axborot tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlashi belgilangan.

 

Oqdaryo tuman statistika bo‘limi

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM