
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIQO‘RG‘ON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
___
Bugun Yangiqo‘rg‘on mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev bilan birgalikda mahalla fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi. Tegishli idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etgan mazkur qabulda tabiiy gaz va elektr ta’minoti, tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar eshitilib, qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tumanning tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati