OQDARYODA NAVRO‘Z TANTANALARI

OQDARYODA NAVRO‘Z TANTANALARI

Bugun erta tongdan Oqdaryo tumani Istirohat bog‘ida “Navro‘z” ayyomi tantanalari ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Tuman korxona, tashkilot, muassasalari tomonidan ko‘rgazmali namoyishlar tashkil etilib, bayram dasturxonlari tuzaldi.
So‘lim bog‘da tashkil etilgan tantanalarda tuman hokimi Sh.Qudratov sektor rahbarlari hamrohligida tuzalgan dasturxonlar, milliy buyumlar ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Tadbirda maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, mahallalar xodimlari tomonidan milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi xalq og‘zaki ijod namunalari, laparlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Navro‘z bayram tadbirlari davom etar ekan, tuman markaziy istirohat bog‘ida  tumanning yorqin san’atkorlari ijrolaridan eng sara qo‘shiqlari yangrab, oqdaryoliklarga va tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarga haqiqiy bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Разработан в: SAKTRM