Barcha tijorat tashkilotlari diqqatiga!

         Barcha tijorat tashkilotlari diqqatiga!
      Tijoratchi tashkilot bo’lgan yuridik shaxslar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo’jaliklari, banklar va sug’urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilotlar  bo’lgan yuridik shaxslarning alohida bo’linmalari tomonidan “Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to’g’risida 2019 yil uchun hisobot” 2-Moliya shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini 2020 yilning 18-fevralidan kechiktirmasdan taqdim etishingizni so’raymiz.

    Mansabdor shaxslarning Davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo’lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzushi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko’rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi.

 

       Oqdaryo tuman statistika bo’limi

      Murojaat  uchun telefonlar (866)492-52-43

2015-2020 © Оқдарё туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM