OQDARYOLIK PAXTAKORLAR BUGUNDAN PAXTA YIGʻIM TERIMIGA KIRISHDI

OQDARYOLIK PAXTAKORLAR BUGUNDAN PAXTA YIGʻIM TERIMIGA KIRISHDI

Joriy yilda tumandagi 212 ta paxta xom-ashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 5411 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanib, bugungi kunda ko‘zlangan hosil yaratildi.
Bugun tumanning eng ilg‘or fermer xo‘jaliklaridan Karim bobo, Oqdaryo Nurqul dalasi, Xolmergan tongi, Oqdaryo Gavhari Invest, Nurafshon Aziz saxovati fermer xo‘jaliklari terimni boshlab berishdi.
Tuman sektor rahbarlari paxta dalalarida bo‘lishib, terim jarayoni, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

2015-2023 © Оқдарё туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM