Samarqand suv ta’minoti" MCHJ Oqdaryo tumani filiali mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Samarqand suv ta’minoti" MCHJ Oqdaryo tumani filiali mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Samarqand suv ta’minoti" MCHJ Oqdaryo tumani filiali muxandisi S.Nomozov hamda ijro intizomi bo‘yicha mas’ul xodimi H.Tuxliyev ishtirokida "Hudud aholisining necha foizi toza ichimlik suvi bilan qamrab olingan: sohadagi muammo va kamchiliklar” mavzusida ma'lumotlar berildi.

Xususan, ta’minoti bo‘yicha:

Ichimlik suv ta’minoti: 2022-yil 1-dekabr holatiga markazlashgan ta’minlanish darajasi 39,0 % ya’ni 165,9 ming nafar aholining 64,7 ming nafardan ortig‘i toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, bo‘lib qolgan aholi ichimlik suvni alternativ (kachalka, quduq, buloq) manbalardan iste’mol qilib keladi.

Oqava suv xizmati bo‘yicha joriy yil boshida ta’minlanish darajasi 0,34 foizi, bugungi kunga kelib 0,40 % ya’ni 165,9 ming.nafar aholining 0,66 ming.nafardan ortiq aholi oqova xizmati bilan ta’minlangan.

 

Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:

1. 2022-yilda barcha manbalar hisobidan jami 4,71 mlrd. so’m mablag‘ ajratilib, jami 19,20 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurildi hamda 3 dona ichimlik inshootlari qurib, foydalanishga topshirildi.

a). 2023-yil boshidan 2,8 km suv tarmog‘i tortildi hamda 6 dona nasos uskunalari almashtirilishi natijasida 650 nafardan ortiq aholini ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

b). Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 635-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 550 mln so’m mablag‘ ajratilib, jami 3,0 km ichimlik suv tarmoqlari qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan.

 Bugungi kunda jami 3,0 km quvurlarni tortish, 4 ta nasosni ta’mirlash va almashtirish orqali 343 ta xonadonning ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

2. Samarqand viloyati ichimlik suv tizimi bo‘yicha 2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha:

Jami 3,2 km, shundan 1,5 km mukammal va 1,7 km joriy ta’mirlash hamda 4 ta nasoslarni mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari 100 % ga bajarildi.

Natija aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 39,0 foizdan 40,06 foizga, ya’ni 3 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlandi, 1,5 ming nafar aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

 

2023-yilgi REJALAR

3,76 mlrd so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu mablag’lar hisobidan 11,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 1 dona ichimlik va oqova suv tozalash inshootlari qurish va rekonstruksiya qilish rejaga kiritilgan.

Natijada aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi 40,06 foizdan 43,5 foizga, ya’ni 2,1 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi, 3,2 ming nafar aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.

Oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasi 0,66 foizdan 1,1 foizga oshirilishiga erishiladi.

Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Maked by: SAKTRM